alvon
bilan ulashing
1. Qizil tusli, qip-qizil, qirmizi.
-
Bunda gulning eng asllari, Baxmal gilam, alvon poyandoz. H. Olimjon
-
Quyosh terakzor orqasiga botayotgan, gʻarb ufqiga alvon rang shafaq yoyilgan ajib oqshom edi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Chamanda bir goʻzal jonon koʻrindi, Yuzi gul-gul yonib, alvon koʻrindi. Habibiy
2.
3. Xilma-xil, turli-tuman.
-
Bir uyadan necha alvon qush uchadi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
-
Ostimda oʻynaydi yuz alvon otim. M. Alaviya
alvon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qizil alvon
-
Yovariq boʻyidagi yozlik oshxona ustunlariga uzun qizil alvon qoplandi. I. Rahim, Ixlos
-
Qizil alvon yopilgan stolga hammadan burun kelib oʻtirib olgan Tojiboy majlisni ochdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
ALVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
alvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar