yo‘llanma
bilan ulashing
1. Biror joyga (ishga, oʻqishga, davolanish va shu kabilarga) yuboriluvchi kishiga beriladigan rasmiy guvoh-noma, hujjat.
-
Mahalliy komitetda bahavo joylar uchun yoʻllanmalar bor. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Ertasi kuni yosh oʻqituvchilar maorif boʻlimining yoʻllanmasi bilan birin-ketin har tomonga tarqala boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. maxs. Transport haydovchilarning marshruti va qilayotgan ishi yozib qoʻyiladigan alohida varaqa.
-
Shofyorlar shaharni tozalash uchun yoʻllanma olishdi-yu, aslida har kim istagan tomoniga qarab ketdi. Gazetadan
3. Yoʻl-yoʻriq, koʻrsatma.
yo‘llanma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayotga yoʻllanma
-
hayotga yoʻllanma olayotgan yigitdir, qiz-dir oliy maʼlumotli boʻlgisi keladi. X. Toʻxtaboyev, Tovlamachi
YO‘LLANMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛЛАНМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘llanma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar