yo‘lka
bilan ulashing
1. Odatda koʻcha chetida tosh, gʻisht yoki asfalt yotqizib, bir oz koʻtarib tekislangan, piyodalar yuradigan tor yoʻl; trotuar.
-
Katta yoʻlga tosh yotqizilib yoʻlkalar asfalt qilingan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Domla koʻchaning oʻrtasidan yurmay, yoʻlka bilan, boshini koʻtarib, jiddiy vajohat bilan oʻtayotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Hovli, bogʻ va shu kabilar joylarda yurish uchun ajratilgan maxsus yoʻl.
-
Devor tagidagi quruq yoʻlkadan uch-toʻrt qadam yurib, toʻxtab qoldi. Ichkaridan rubob ovozi eshitildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Xiyobonga qarab ketdik. Suv sepib supurilgan toza yoʻlkalardan sekin-sekin yurib, ancha kezdik. Mushtum
-
Yoʻlkaning oʻng tomoni — mevalar, chap tomoni — tokzor: ikki ishkomgina uzum. H. Gʻulom, Binafsha atri
YO‘LKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘lka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar