yo‘lla
bilan ulashing
1. Yoʻl koʻrsatmoq, yoʻl boshlamoq, yoʻnaltirmoq.
-
Turdimat sel suvini sakkiz ariq, ikki kanalga yoʻlladi. I. Rahim, Ixlos
-
Sidiqjon boʻsagʻadan bir qadam ichkarida choʻnqaydi-da, bolani yerga qoʻyib, onasiga yoʻlladi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Ichkariga oldin otani yoʻllashdi, soʻngra oʻzlari kirishdi. S. Mahkamov, Shogird
2. Joʻnatmoq, yubormoq.
-
Salom yoʻllamoq. Doʻstimga bir maktub yoʻlladim.
-
Boburga sovgʻa-salomlar yuborib, uning ixtiyoriga bir necha yuz navkar ham yoʻllabdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
yo‘lla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jahannamga yoʻllamoq
-
Ulamo hazratlari, ruxsat bersalar, zumda jonini jahannamga yoʻllar edik. Oybek, Ulugʻ yoʻl
Toʻp yoʻllamoq
-
Qulay imkoniyatdan toʻpni darvozaga yoʻllay olmadi.
YO‘LLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘lla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar