yo‘ldosh
bilan ulashing
1. Yoʻlda, safarda birga boʻlgan kishi; hamroh.
-
Yomonga bosh boʻlguncha, yaxshiga yoʻldosh boʻl. Maqol
-
Sen ketarsan yoʻlda yoʻldoshing bilan, Men qolarman uyda koʻz yoshim bilan. Oq olma, qizil olma
2. koʻchma Birga boʻluvchi shaxs yoki narsa.
-
Ammo Jamilev va uning yoʻldoshlari ista-yotganidek ablahlar bilan halol kishilarni aralashtirib yuborish uchun hech kimga yoʻl qoʻyilmaydi. Gazetadan
-
Gʻam ila gʻussa boʻlib-dir yoʻldoshim xon dastidan. U. Ismoilov, Saylanma
3. astronomiya Biror planeta yoki yulduz atrofida harakat qiluvchi osmon jismi.
-
Oy — Yerning yoʻldoshi. Yerning sunʼiy yoʻldoshi.
4. anat. Homiladorlik paytida homilani ona tanasi bilan bogʻlab turadigan, bola tugʻilgach, undan keyin tushadigan, homila pardalari va kindik tizimchasidan iborat tuzilma.
-
Agar uning yonida yoʻrgakda yotgan chaqaloq boʻlmaganida, juvon koʻzi yorigan odamga oʻxshamas, qorni boyagiday edi. Bu — yoʻldoshning shisha boshlaganidan dalolat. S. Anorboyev, Mehr
5. Yoʻldosh (erkaklar ismi).
yo‘ldosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Umr yoʻldoshi
-
Salomat boʻlishingizni tilab qoluvchi: boʻlajak umr yoʻldoshingiz Eʼtiborxon. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
YO‘LDOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛДОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘ldosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar