yo‘lak
bilan ulashing
1. Koʻchadan hovliga olib boradigan, ikki tomoni devor boʻlgan uzun yoʻl.
-
Qulmat otani qidirib, ichkari bilan tash-qarini qoʻshadigan kenggina yoʻlakka chiqdi-da eshik tirqishidan tashqariga moʻraladi. K. Yashin, Hamza
-
Yigitali xayrlashishni ham unutib, yoʻlakdan koʻcha tomon yurdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Bino ichida xonalarga borish uchun xizmat qiladigan yoʻl; koridor.
-
Tanish koshonaning behisob shamlar zoʻrgʻa yoritgan tor va uzun yoʻlaklari kimsasiz edi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
-
Gʻoyib bino yoʻlagining har yer-har yerida osigʻliq devoriy gazetalarni koʻrsatardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. aynan Yoʻlka.
-
Oʻrtasiga atirgul, rayhon va gultojixoʻroz ekilgan hovlining oʻng tomonidagi yoʻlak boʻylab yurib, yuqoridagi sinch devorli pastak uyga kirishdi. Mushtum
-
Sezar — yaproq yurakka oʻxshar. Ha, shu oddiy asal-rang yaproq Tosh yoʻlakka aylanib tushar. X. Davron
-
Semonlangan ariqchalardan jildirab suv oqib yotibdi. Yoʻlaklar toza. S. Nurov, Narvon
YO‘LAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘lak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar