yo‘l-yo‘riq
bilan ulashing
1. Biror ish, tadbirni amalga oshirish tartib-qoidalari majmui.
-
Kimni kolxozga olish, kimni kolxozdan chiqarish kolxozchilarning oʻz ixtiyorida. Buning oʻz yoʻl-yoʻrigʻi bor. Oʻrtoq Samandarov ana shu yoʻl-yoʻriqni buzganlar deydilar, xolos. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Biz buning yoʻl-yoʻrigʻini sudlardan soʻrab-soʻrab, oʻzimiz ham yarim-yalpi sud boʻlib qolganmiz. Hamza, Paranji sirlari
2. Bajarish tartibi, yoʻli haqidagi fikr, gap, koʻrsatma.
-
Hamma jim boʻldi. Oʻtirganlar vaziri buzruk tomon qarab, undan qandaydir yoʻl-yoʻriq kutdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Toʻlqin olimlardan yoʻl-yoʻriq soʻrab, maslahat olib keldi. E. Usmonov, Yolqin
3. Ish-topshiriq, bajariladigan ishlar haqida koʻrsatma; buyruq.
-
U kishining yoʻl-yoʻriqlarini bizlar hech qanday gap-soʻzsiz bajo keltiramiz. K. Yashin, Hamza
YO‘L-YO‘RIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛ-ЙЎРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘l-yo‘riq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar