yo‘l
bilan ulashing
1. Odamlar, jonivorlar va boshqalar narsalar qatnovi natijasida yer sathida iz bosilib hosil boʻlgan uzun, davomli qism, qatnov qismi.
-
Soʻqmoq yoʻl. Qirdagi har to-monga ketgan yoʻllar.
-
Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. A. Qahhor, Maston
-
Choʻlning yoʻli ingichka Boychechak
-
Dovon orqali bitta ot yoʻli bor, xolos. Shu tor yoʻldan Afgʻonistonga oʻtsa ham boʻladi. K. Yashin, Hamza
2. Umuman, kishilar yoki transport kat-novi uchun maxsus belgilangan yer boʻlagi.
-
Avtomashina qatnaydigan yoʻl. Asfalt yoʻl. Tosh yoʻl. Uzoq yoʻl.
-
Mashina yoʻlini kesib oʻtayotgan podaga signal berganda, choʻchib oʻziga keldi-yu, atrofga qaradi. S. Ahmad, Yulduz
-
Mehmonxona yonidagi yer osti yoʻlidan oʻtib, gulzor maydonga chiqishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Kema va samolyotlar qatnashi uchun maxsus belgilab qoʻyilgan yoʻnalish, trassa.
-
Suv yoʻli. Havo yoʻli.
4. Yoʻnalishdagi harakat jarayoni, yoʻlda davom etayotgan yurish.
-
[Xotin] Kumushga qarab davom etdi: Anu kungi soʻzingiz bilan, yoʻldan qayrilib kirgan edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻrmonjon yoʻl boʻyi gapirmadi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Men uning uchun bir ziyoratchi, nazrini beraman-u, yoʻlimga ketaveraman. K. Yashin, Hamza
-
— Zarari yoʻq, — dedi Meʼmor. — Buni yoʻl mashaqqati deymiz. Mirmuhsin, Meʼmor
5. Yurish, qatnov yoʻnalishi.
-
Birov Xotiningni ukang nikohlab oldi, uyga bormay qoʻya qol! degan ekan, u ham yoʻlni boshqa yoqqa soldirib ketibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Biror joy, makonga sayohat yoki boshqa maqsadda qilinadigan yurish; safar.
-
Yoʻl anjomlari. Yoʻlga hozirlanmoq. Yoʻlga chiq-sang, yoʻldoshing boʻlsin. Maqol
-
[Otabek] Bu soʻroqni oʻz-oʻziga ham berib koʻrmagan, goʻyo burungidek Margʻilon yoʻliga oshiqib hozirla-nar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shoh Mashrab yoʻlga chiqsalar, xudoning qudrati bilan, yerning tanobi tortilib, yoʻl qisqarar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
7. Bosib oʻtiladigan oraliq; masofa.
-
Bundan buyon mototsikl yoʻlingizni yaqin qiladi. S. Anorboyev, Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari
-
U Miyon Qudrat hazratni ziyorat qilish uchun ozmuncha yoʻlni piyoda bosib keldimi? K. Yashin, Hamza
8. Maʼlum bir transport vositasi uchun yoʻnalish qurilmasi.
-
Temir yoʻl. Tramvay yoʻli.
-
Poyezd yoʻli mayda tosh, Boyning qizi qalamqosh. Boychechak
9. Ayrim narsalarning yoʻnalish chizigʻi, joy oraligʻi.
-
Nafas yoʻli. Siydik yoʻli. Xas-xashaklar suv yoʻlini toʻsib qoʻyibdi.
10. Biror narsaga, yuzaga tortilgan, tushirilgan chiziq, iz.
-
Bir yoʻli oq, bir yoʻli moshrang beqasam.
-
Eshikda tikkasiga oq va qora yoʻllardan iborat pijama kiygan, boshyalang Azimboyev koʻrindi. Guldasta
11. Qator, satr; misra.
-
Bir necha yoʻl xat.
-
[Anvar Raʼnoga:] Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yoʻlimga javob boʻlsin. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
12. koʻchma Biror narsaning yoʻnalish, kelish-ketish oqimi, yoʻnalishi.
-
Hayot oʻz yoʻlidan borar, bahor bolalarga oʻz quvonchi, oʻz shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Hamza haqiqat yoʻlidan, maʼrifat yoʻlidan, Furqat vasiyat qilgan yoʻldan boradi. K. Yashin, Hamza
13. Faoliyatda amal tarzi, qilinadigan, tutiladigan ish-amal.
-
Hozir senlarga ikki yoʻl: oʻgʻil, qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Taqdirdan shikoyat qilmadim sira, Sizga ham shu yoʻlni maslahat koʻrdim. Shuhrat
-
Ikkisining yoʻli ham gumrohlikdan boshqa narsa emas. Biri yigʻib oʻlgan, biri yeb oʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
14. Kuy, qoʻshiq va shu kabilarda oʻziga xos usul.
-
Orzu-yu armonimni sheʼriy yoʻlda qaytadan Soʻzlab turibman, balki yoshlik boʻlib bahona. A. Oripov
-
Zebi kirib, mayda yoʻllardan birini oldi. Dutorning ovoziga endigina oʻz ovozini qoʻshaman deganda, tashqaridan mingboshini chaqirdilar. Choʻlpon, Kecha va kunduz
15. Imkon chorasi.
-
Hech boʻlmasa, jonni saqla edi sen, Bir yoʻl topib qochmoq kerak bu eldan. H. Olimjon
-
Sodiqjon boyvachcha changaliga tushgan qizning kimligini bilgisi keldi. Ammo soʻrab bilishning hozir asti yoʻli yoʻq edi. K. Yashin, Hamza
16. koʻm. vzf. (asosan oʻrin-payt kelishigida — yoʻlida) Sabab, maqsad kabi maʼnolarni bildiradi; bora(si)da, uchun.
-
Kimiki xalq yoʻlida, xalq gʻamida ter toʻksa, qoʻli hamma yerda baland boʻlsin M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shuning uchun ham senga yetishmoq yoʻlida jonni xatarga qoʻyib, kecha-kunduz yugurganman-da K. Yashin, Hamza
-
Oʻquvchilarni joʻshqin mehnat faoliyatiga tayyorlash yoʻlidagi izlanishlarimiz hozirning oʻzida oʻz samarasini bermoqda. Gazetadan
yo‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoʻl bermoq
-
Mansur pastak eshikni ochib, Gavharga yoʻl berdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ular mehnat ahlini istaganlaricha ishla-tib, hamyonlarini yana ham qappaytirishlari uchun avomning fikrini ochishga yoʻl bermaydilar. K. Yashin, Hamza
Yoʻl bosmoq
-
Maston necha kilometr yoʻl bosganini va yana necha kilometr bosish kerakligini bilar edi. A. Qahhor, Maston
Yoʻl boshlamoq
-
— Yuring, — dedi Talʼat yoʻl bosh-lab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yoʻl boʻlsin?
-
Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? T. Malik, Ajab dunyo
-
Sheʼr yozishga senga yoʻl boʻlsin.
Yoʻl koʻrsatmoq
-
Adashgan yoʻlovchiga yoʻl koʻrsatmoq;
-
[Yormat] Ellikboshiga yalindi: — Man gʻaribga yoʻl koʻrsating. Kimga arz qilay? Oybek, Tanlangan asarlar
Yoʻl olmoq
-
Tongotarda hujradan chiqqan Meʼmor karvonsaroy hovlisini kesib oʻtib, darvozadan tashqariga yoʻl oldi. Mirmuhsin, Meʼmor
Yoʻl solmoq
-
Yarash polvon toʻgʻri kolxoz idorasiga yoʻl soldi. S. Siyoyev, Otliq ayol
Yoʻl qoʻymoq
-
Nimaiki ish qilsa, odamlar xursand boʻlishini oʻylashi, saxiyligi bironta kishining bu qizga oʻqrayib qarashiga yoʻl qoʻymasdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Ota, ustoz haqlar, — dedi Hamza. — Hiylaga baʼzan shariat ham yoʻl qoʻyadi. K. Yashin, Hamza
Yoʻlga kirmoq
-
Adolat yoʻlga kirdi degandan boshlab topganini sandiqqa tashladi. S. Zunnunova, Olov
-
qoniga belangan dadangni koʻtarib kirganlarida, sen yoʻlga kirgan eding. Y. Shamsharov, Toshqin
Yoʻlga solmoq
-
Boʻtaboy uni [Sodiqni] aldab-suldab yoʻlga solmoqchi boʻldi. S. Ahmad, Hukm
Yoʻlga tushmoq
-
[Nuri] qovun polizni sayr qilishni bahona qipdi-da, akasining oʻgʻli Rafiqjon bilan birga yoʻlga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Savod-sizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib oldi. K. Yashin, Hamza
Yoʻlga chiqmoq
-
Vzvod yarim tunda yoʻlga chiqdi, razvedkaga. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Avzoyidan sezdiki, u shum niyat bilan yoʻlga chiqqan. Yoshlik
Yoʻlga qoʻymoq
-
Yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻymoq.
Yoʻldan ozdirmoq
-
Sizning muloyim, odobli singlingizni ham yoʻldan ozdirishim mumkin. Mirmuhsin, Meʼmor
Yoʻldan toydirmoq
-
Musulmonlarni haq yoʻldan toydirmoqchi boʻlgan shul kitoblarni agʻdar-toʻntar qilib, koʻchaga chiqarib tashlagim keldi. K. Yashin, Hamza
Yoʻldan urmoq
-
Yoʻq, endi Mengliboyni hech kim yoʻldan urolmaydi. S. Ahmad, Yulduz
-
Tagʻin meni yoʻldan uryapti deb oʻylamang. Sizni yaxshi koʻrganim uchun aytyapman. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yoʻldan chiqarmoq
Yoʻldan qaytarmoq
-
Muhammadrajab xotini orqali uni shu yoʻldan qaytarishga urindi. A. Qahhor, Sarob
Yoʻli ochilmoq
-
Yoʻli ochilgan yigitning yangasi oldidan chiqar. Maqol
Yoʻli tushmoq
-
Qabristonga tushganda yoʻlim, Men shu gʻamgin holni koʻraman. A. Sher, Qadimgi kuy
Yoʻli uchun
-
Yolgʻizgina qizining koʻz yoshlariga yuragi dosh berolmadimi yoki yoʻli uchun shunday qildimi — Abdurahmonboy qizini yupatishga tushdi. K. Yashin, Hamza
Yoʻlingdan qolma
-
Yordam bergan boʻlsangiz, rahmat, yoʻlingizdan qolmang, demaydimi qiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Oq yoʻl tilamoq
-
Ular bilan changga botib borayotganligidan mamnun boʻlib, ichida unga oq yoʻl tilab, deraza pardasini tushirdi. K. Yashin, Hamza
YO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar