yo‘la
bilan ulashing
1. Yaqin kelmoq, bormoq; yaqinlashmoq.
-
Qani endi na tramvay, na trolleybusga yoʻlab boʻlsa: zinasigacha odam. Oʻ. Yusufjonova, Joʻnatilmagan xat
-
Nizomjon qizlar zvenosiga yoʻlamay qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
-
Yoʻq, siz kattasiz, siz ayting! Men yaqin yoʻlamayman! Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. koʻchma Daxl qilmoq; ilashmoq; yaqinlashmoq.
-
Sizning aʼzoyi badaningiz hatto tirnoqlaringizgacha spirtlashib ketgan. Endi sizga hech qanday kasal yoʻlamaydi. Guldasta
3. sheva Suyamoq, suyab koʻtarmoq; qoʻltiqlamoq.
-
Mamarayim pildirab borib, otni kel-tirdi-da, xoʻjayinni qoʻltigʻidan yoʻlab mindirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
YO‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar