tinch
bilan ulashing
1. Gʻala-gʻovur, shovqin-suron, toʻs-toʻpolon va shu kabilardan xoli.
-
Atrof tinch. Oʻtkinchilar oz. Anhor yoqasida, tollar orasida ikkita oq echki oʻtlab yuradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ajoyib kecha boʻptimi? Tinch, oydin, shabada! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Ahmad] Shovqin-suronli, serqatnov koʻchalarni yoq-tirmas, sal aylanish boʻlsa ham, tinch, sal-kin xiyobonlarni tanlardi. F. Musajonov, Himmat
-
Qiziq, kechagina dengiz edi tinch, Qaʼriga olmoqda bugun zilzila. G. Joʻrayeva, Iqbol
2. Kishi hayoti, faoliyatida unga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan, bezovta qilmaydigan, gʻam-tashvishdan xoli.
-
Meʼmor [usta Nusratga] qolgan umrini bir chekkada tinch-gina, gʻaribona oʻtkazmoqchi ekanini aytdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qishloq koʻchasi tinch, qizi boʻlsa kichkina emas rayonda boʻladigan kengashlarda qatnashib, allamahalda uyiga keladigan kunlari boʻlgan-ku. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Oʻrtogʻingizga ayting, shu hujrasini bizdan ayamasin. Shu yerda tinchgina yashaylik! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻt-tiz yildan beri shu yerdamiz, hali biron kori hol boʻlgani yoʻq. Bu yer tinch joy. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Urish-janjalsiz, turish-turmushi osoyishta.
-
Qoʻshning tinch — sen tinch. Maqol
-
Oʻzlariga toʻk, bekam-u koʻst, tinch yashashadi, ikki kuyov koʻrgan, nevaralari bor. R. Fayziy, Taʼzim
-
Niso buvining qizlari tufayli necha martaba qoʻydi-chiqdi boʻlib oldi. A. Qahhor, Boshsiz odam
4. Betashvish, osoyishta holat; tinchlik.
-
Shu [Saodatxon] kelgandan beri tinchimiz yoʻqoldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Oʻzim mayli, uy-ichimning tinchi ketdi T. Yoʻldosh, Attang
-
Chunki bu qoʻlga tushmasa, yana odamlarning tinchini buzib, jinoyatini davom ettiraveradi. M. Yunusov, Qutilmagan xazina
tinch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli tinch
-
Xudoga ming qatla shukur, oʻzimning koʻnglim tinch, birovni bir narsa deyishlikka haddim yoʻq. A. Muxtor, Opa-singillar
Oʻziga tinch
-
Nabi polvon va boshqa oʻziga tinchroq kishilarning hovlilari mehmon qoʻnarlik bir holga keltirilgan edi. S. Ayniy, Qullar
Qulogʻi tinch
-
Oʻzingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga! Shaharda yurgani ham durust ekan, qulogʻimiz tinch edi. Uygʻun, Navbahor
TINCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar