tinchlan
bilan ulashing
1. Hayajonini, achchigʻini bosib yoki taptidan, hovuridan tushib oʻzini tutib olmoq, oʻzini bosmoq.
-
— Tinchlaningiz, Otabek! — dedi qushbegi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oyimxon yuvosh tovush bilan uni tinchlanishga chaqirdi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil
2. Tashvish, dard-alam, xavotirlik, bezovtalikdan xoli boʻlmoq, tinch tortmoq.
-
Kasal bir qimirlab, koʻzini ochdi va bosh koʻtarib, tilanchi xotinga qaragandan keyin, yana boshini yostiqqa qoʻyib tinchlandi. S. Ayniy, Qullar
-
Otabekning pishillab uxlagan tovushini eshitib, [Hasanali] bir daraja tinchlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kampirning uyquda ekaniga ishongach, yuragi birdan tinchlandi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Shovqin-suron, janjal, harakat va shu kabilardan toʻxtamoq, tinch holat yuz bermoq.
-
U, tribuna oldiga kelgan boʻlsa ham, besh minutcha soʻzlayolmay, xalqning tinchlanishini kutib turdi. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
-
Qoʻllarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
TINCHLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНЧЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinchlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar