tip
bilan ulashing
1. Muayyan bir turdagi (guruhdagi) narsalarning muhim belgilarga ega boʻlgan namunasi, shakli, modeli.
-
Bizning vazifamiz — choʻlda shahar tipidagi posyolkalar qurish, obod qishloq barpo etish. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Tuproqlar shoʻrlanish tipiga koʻra, asosan, xlor-sulfatli, baʼzan sulfat-xlorli boʻladi. Fan va turmush
2. biologiya Hayvonlar sistematikasida: kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, yagona tuzilish shakliga ega boʻlgan hayvonlar sinflarini birlashtiradigan oliy sistematik kategoriyalardan biri.
-
Boʻgʻimoyoqlilar tipi.
3. Ijtimoiy, kasbiy, axloqiy va boshqalar belgilarning umumiyligiga koʻra birlashadigan kishilarning yorqin vakili.
-
Kamtar, ijtimoiy tadbirkor — ilgʻor kishilar, xalq vakili sifatida, ijtimoiy taraqqiyotga ulkan hissa qoʻshgan yangi tipdagi odamlar-dir. N. Safarov, Olovli izlar
4. Adabiyot va sanʼatda: bir turdagi kishilarning xarakterli, umumlashma belgi-xususiyatlarini aks ettiradigan, mujassamlashtiradigan obraz.
-
Temaning qahramoni qilib olingan tipning, mehnatni sanʼat darajasiga koʻtara olgan odamning xarak-terini boʻrttirib bera olish kerak. N. Safarov, Olovli izlar
-
Oʻzbek prozasida prototipdan adabiy tip yaratishning rang-barang koʻrinishlari bor. OʻTA
5. so‘zlashuv tili Oʻziga xos (koʻpincha salbiy) xususiyatga ega boʻlgan odam.
-
Mana bu tipga otni ber desam, bermadi. Meni tutib soʻkdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
TIP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tip so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar