tinchlik
bilan ulashing
1. Gʻala-gʻovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat.
-
Hamma yoq tip-tinch ora-chora uzoqdan kelgan bola yigʻisi bu tinchlikni buzgandek boʻlar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ammo Salimning kutgani chiqmadi, qoʻrgʻonda avvalgiday tinchlik, jimjitlik. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Kishini bezovta qilmaydigan, tinch, osoyishta holat.
-
Uch kundan beri yamoqchining uyida tinchlik yoʻq. Bolalari qoʻrqib, koʻchaga chiqmaydilar. Oydin, Hikoyalar
-
Gulnor shu topda yolgʻizlikni, tinchlikni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Urish-janjalsiz, tinch holat; hamma narsa meʼyorida, joyida (odatda, hol-ahvol haqidagi soʻroqqa javob tarzida qoʻllanadi).
-
— Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qalay, Toshkentda nima gaplar bor? — Nima gaplar boʻlsin, Toshkentda tinchlik. Bahona bilan Toshkentni ham koʻrib oldik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Ha, Boʻtaboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? — Tinchlik, — dedi Boʻtaboy va otning jilovini uning qoʻlidan oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Urush, oʻzaro ziddiyatli toʻqnashuvlar va shu kabilardan xoli sharoit, tinch sharoit.
-
Butun dunyodagi bizga oʻxshash mehnatkashlar bilan bir safda urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz. Oybek, Nur qidirib
-
Tinchlik uchun kurash tobora qizgʻin tus olmoqda. Ayollarga ham, bolalarga ham — hammaga tinchlik kerak. Saodat
tinchlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tinchlik bermaslik
-
Toʻgʻri, ular boy, juda boy. Ammo ular Gulnorga tinchlik bermaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Devonaga bir piyola choy ichishga ham tinchlik bermadilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
-
Bu savol Boboqulga mahkam yopishib oldi, bu toʻgʻrida nechogʻli oʻylamaslikka tirishmasin, yursa ham, tursa ham tinchlik bermasdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Oradan qancha yillar oʻtsa hamki, hamon mana shu hikoya menga tinchlik bermaydi. Gazetadan
Tinchlik bormi?
-
— Hoy, tinchlik bormi, yoʻqmi? — Axir bola kasal-ku. — Kasal boʻlsa, yigʻlatmagin. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
TINCHLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНЧЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinchlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar