tinchi
bilan ulashing
1. Barham topmoq, toʻxtamoq, bosilmoq; tinmoq (toʻpolon, shovqin-suron va shu kabilar haqida).
-
Aʼyonlar supada, odamlar yerda oʻtirib, gʻala-gʻovur tinchigandan keyin, hokim odatdagicha tilmoch orqali xalqni ogohlantirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻsha toʻpolon tinchigandan keyin bir hafta oʻtuvdi hamki, men uy poylab qoldim. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Tinchimaydi chaqaloq dodi, Xotin quvolmaydi sharpani. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo
2. Urish, janjal, notinchlik barham topib, osoyishtalik yuzaga kelmoq, tinchlik qaror topmoq.
-
Oʻzim mayli, uy-ichimning Tinchi ketdi, Talay gaplar boʻldi, shukur, Tinchib ketdi. T. Yoʻldosh, Attang
-
Yurt tinchisin desangiz, quymuchlariga shartta tepib, oq fotihalarini berish kerak. Mushtum
3. Tinch tortmoq, tinchi, oromi joyiga kelmoq.
-
Xat kelganda, tinchir jon, Xat — juda aziz mehmon. H. Olimjon
-
Uy ichi jimjit, bemor endi tinchigandek boʻldi. N. Fozilov, Diydor
-
[Gulnor] Goh tinchib, goh qiynalib yotdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Biror ish, niyat va shu kabilarni amalga oshirib xotirjam boʻlmoq.
-
Qiz bola ota-onaga omonat, uzatib tinchiy! S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Ana shu nozik mehmon kelgach, mezbon ham tinchib, qatorga qoʻshildi. Mushtum
-
— Maktabdan tinchib oldingiz, — dedi Meli polvon kulib. — Endi oʻzingizni ham bir tinchitib qoʻysak boʻlar edi P. Tursun, Oʻqi-tuvchi
5. Ish-harakat, intilish va shu kabilarni toʻxtatmoq, undan toʻxtamoq.
-
Bolam, hech boʻlmasa dam olish kuni bir tinchisangiz-chi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Birdan uloqchilar suv quygandek tinchib, tortish oʻrnida toʻplanib qoldilar. A. Qodiriy, Uloqda
-
Qizimni tilga oldingiz, rais, toʻgʻri, oʻzi ham tinchimaydi, dangasalarga ham tinchlik bermaydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
tinchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki yuragi) tinchimoq
-
Sherbek qoʻliga bilet tegganidan soʻnggina bir oz koʻngli tinchidi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Payt topaman. Gaplashaman. Boʻlmasa mening yuragim tinchimaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Qulogʻi tinchimoq
-
Shu odam mahallamizdan koʻchib ketdi-yu, qulogʻimiz tinchidi.
-
Onaxon rastadan qayrilib, temirchilik mahallasidan oʻtgandan keyingina qulogʻi bir oz tinchidi. A. Muxtor, Opa-singillar
TINCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar