tinka
bilan ulashing
Kuch-quvvat, mador, majol.
-
Isitmalayverib bemorning tinkasi qolmadi.
-
Kun botishga yaqin ikkinchi toʻnkani ham qulatdim. Juda tinkadan tolgan edim, uh deb borib, oʻrnimga choʻzildim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
tinka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tinkasi qurimoq
-
Har bitta gʻishtni, yogʻochni, har bir koʻza suvni pastdan olib chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Jazirama issiq kunlari mening tinkam qurib, soya joyni axtarib qolaman. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Urushdan xalqning tinkasi quridi.
-
Oʻzaro qirgʻin, harbiy yurishlar, oʻlpon-u ushr soliqlari raiyatni tobora qashshoqlashtirib, tinkasini quritdi. Mirmuhsin, Meʼmor
TINKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar