o‘ch
bilan ulashing
1. Yonishdan, yolqin berishdan toʻxtamoq; soʻnmoq.
-
Oʻtni kovlasang — oʻchadi, Qoʻshningni kovlasang — koʻchadi. Maqol
-
Shu chogʻda na uchundir tokchada yonib turgan sham ham lip-lip qildi-da, oʻchdi. A. Qodiriy. Oʻtgan kunlar
-
Samandarov bir qoshi past va bir qoshi baland boʻlib, oʻchib qolgan maxorkasini chiroqdan tutatib oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Asl tusini yoʻqotmoq; xiralashmoq, oʻngmoq.
-
Chitning rangi oʻchibdi. Qadimiy minora naqshlarining boʻyogʻi hamon oʻchmagan.
-
Gʻafur tobora asabiylashar edi, buning oqibatida koʻzlari xiralashib, lablari pirpirar, ranglari oʻchib, qoʻllari titrardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. Koʻzdan gʻoyib boʻlmoq, koʻrinmay qolmoq, yoʻqolmoq.
-
Gʻullar, yashilliklar orasida uning adil — kelishgan qomati, shaffof bir xayol kabi goh yalt etib koʻrinar, goh oʻchar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Vodiyni yarim doira shaklida oʻragan baland-past togʻlar asta oʻcha boshlagan. H. Ahmar, Kim haq?
4. koʻchma Yoʻq boʻlmoq, yoʻqolmoq.
-
Uyqusi oʻchmoq. Tarixdan nomi oʻchmoq.
-
Sahroning nomi oʻchar, Oʻzgaradi qumloqlar Q. Muhammadiy.
-
Undagi ulugʻ zotlik alomatlari birdaniga oʻchdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Oqpodshoning taxti kuysin, qorasi oʻchsin! Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Tannozxon:] Diydoring oʻchsin sening! Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
5. Toʻxtamoq, tinmoq; eshitilmay qolmoq.
-
Hozirgina soʻzlashib oʻtirgan Kumush bilan onasining tovushlari oʻchgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Saidgʻozining momaqaldiroq qaldirashidek asabiy kulgisi qanday boshlangan boʻlsa, oʻshanday toʻsatdan oʻchdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Izvosh qoʻngʻirogʻi, ot tuyoqlarining ovozlari bora-bora oʻchadi. N. Safarov, Uygʻonish
6. koʻchma Xotiradan koʻtarilmoq, esdan chiqmoq, unutilmoq.
-
Nomi oʻchib ketgan Boqi mirzo koʻp vaqt oʻtmay inobatlik mirzo nomi bilan bosh koʻtardi. A. Qahhor, Mirzo
-
Shoir soʻzi marmar toshga oʻyilgan — Oʻyma xatdek turar, dunyoda oʻchmas. Q. Muhammadiy
7. so‘zlashuv tili Safdan yoki hisobdan chiqmoq.
-
Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligidan oʻchgan kishi. Roʻyxatdan oʻchganlar.
o‘ch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nafasi oʻchmoq
-
Elmurod salom berib, eshikdan kirishi bilan, uning nafasi oʻchib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salqinda chirildoqning ham nafasi oʻchgandi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
O‘CH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar