angla
bilan ulashing
1. Gap, fikr-mulohaza va shu kabilarning mazmunini bilib olmoq; tushunmoq.
-
Gapingizni-ku angladim Sharq yulduzi
-
Bu soʻzlarni anglamayin merganlar, Ikkovi ham boʻlib ketdi gunohkor. Malikayi ayyor
2. Idrok etmoq, fahmlamoq.
-
Eshqobil togʻasining rais oldida girdikapalak boʻlish sabablarini bir qadar anglaganday boʻldi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Bobosh birdan angla- diki, mana shu maxluqdan qutulish uchun, tanimay oʻtib ketarmikan, deb Boboshga yopishgan. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
hayotga qarashim chuqurlashdi, adabiyotni yangicha anglay boshladim. Gazetadan
angla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzlikni anglamoq
-
Biz mustaqillik tufayli oʻzligimizni anglaganimiz sari Imom al-Buxoriyning muborak siymosini yanada yaqqolroq tasavvur etamiz. Gazetadan
-
Boshqacha aytganda, tarixga murojaat etish oʻz-oʻzini anglash demakdir. Gazetadan
-
Oʻzni anglash esa, yurtboshimiz yoʻl koʻrsatganlaridek, ona-Vatandagi tabarruk joylarni, ulugʻlarning qadamjolarini ziyorat etishdan boshlanadi. Gazetadan
ANGLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНГЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
angla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar