aqlli
bilan ulashing
1. Aqli raso; miyali.
-
Aqlli bola. Aqlli yigit. Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz — doʻstini. Maqol
-
Muallim oʻrta yashar, aqlli, yoshlarga mehribon kishi edi. Oybek, Nur qidirib
-
Aqlli kishilarning sadagʻasi ketsang ham arziydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Aql bilan vujudga kelgan; fahm-farosatdan, bilimdonlikdan dalolat beradigan.
-
Aqlli tadbir. Aqlli ish.
-
Uning [Davlatyorning] baʼzan loʻnda va aqlli gaplarini eshitganda, Elmurod huzur qilardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Ziyrak, fahmli, hushyor (hayvon va qushlar haqida).
-
Aqlli it.
-
Davraga eʼlonchi chiqib: — Hov, yaxshilar, hozir biz sizlarga nomerlarni: aqlli otlar oʻyinini koʻrsatamiz, dedi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
AQLLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АҚЛЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aqlli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar