aql
bilan ulashing
1. Inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka munosabatini boshqarib turadigan faoliyati; fikrlash qobiliyati.
-
Jonzotlar ichida birgina odamzodga aql ato etib, yuragiga diyonatni joylabdi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv.
2. Fikrlash qobiliyatining amali; fahm-idrok, zehn.
-
Aqling bilan koʻr, koʻz aldaydi. Maqol
-
Qaysi vazirim aqli ziyrak, donishmandligini bildirsa, xazinamdan oʻn tillo va bosh oyoq sarpo beraman. Luqmon Hakim.
3. Mulohaza, maslahat tarzidagi fikr.
-
Koʻpdan koʻp aql chiqar. Maqol
-
Endi meni aqlim shukim, oʻshal kandidatingiz tomoniga oʻtganlarni qoʻlga olish uchun Nurmat akamning hovlisiga chaqirib, bir oz ziyofatcha bilan koʻngillarini topib shoyad qoʻlga olib qolarmiz. Hamza, Burungi savollar
aql soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqldan ozmoq
-
Birinchi qadah chanqoqni bosish uchun, ikkinchisi — xursandchilik, uchinchisi — kayf qilib huzurlanish, toʻrtinchisi esa aqldan ozish uchun ichiladi. Gazetadan
Aql bovar qilmaslik, aqlga sigʻmaslik
-
Nurlan aql bovar qilmaydigan hikoyasini bazoʻr tamomladi. Gazetadan
Aqldan adashmoq yoki aqlini yoʻqotmoq, aqlini yemoq, aqli ketmoq
-
Qizning chiroyliligiga bazzoz bola behush boʻlib, aqldan adashib yotib qolibdi. Luqmon Hakim.
-
Yaxshi koʻrganda, qizlar aqlini yoʻqotib qoʻyadi deyishadi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Bobo, xafa qilding menday oʻgʻlingni Aqling ketib, bobo, senga ne boʻldi. Nurali.
Aqldan emas
-
Giyohvandlik bilan kurash yoʻlida tabiatni xonavayron qilish aqldan emas. Saodat.
Aqli yetmoq
Aql kirmoq (yoki bitmoq)
-
Qachon senga aql kiradi?! Soʻzlashuvdan.
Aqlni olmoq
-
Kiygani gulgun qirmizi, Aqlingni olar jodu koʻzi. Malikayi ayyor.
Aqlini tanimoq
-
Inson tugʻilib aqlini tanigan kundanoq tevarak-atrofni oʻrab turgan borliq haqida oʻylay boshlaydi. Gazetadan
Aql tish
Aql oʻrgatmoq
-
Birov qoqilganda, aql oʻrgatuvchilar, taftishchilar koʻpayadi. S. Nurov, Maysalar ayoz urmaydi
AQL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АҚЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aql so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar