arz
bilan ulashing
1. Dard-hasrat shikoyat tarzidagi (asosan ogʻzaki) gap, murojaat.
-
Chol bu begona yigitning vaziyatida taraddudlanish sezib, qaytadan soʻradi: — Xoʻsh, oʻgʻlim, nima arzing bor? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Podshoyim, bizlar sizga arzga keldik. Ravshan
2. eskirgan, kitobiy Yer shari yoki uning bir qismi.
arz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arzi hol yoki arzi bandachilik
-
Men minarman endi asta qushimga, Arzi holim aytdim deng-u doʻstimga. Malikayi ayyor
-
Qush tilini qush biladi deganlaridek, Nodiraning samimiy arzi bandachiligi Mohlar oyim bilan Nigor kelinning yuraklarini ezdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Arz qilmoq
-
- Men xonni Toshkentdan joʻnatish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir daraja arz qilib oʻtgan edim, — dedi [qushbegi]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gʻofir boy va qozilarga: Hoy, boʻrilar! Soʻzlaringdan qayt! Boʻlmasa, hokimingga bormayman, mingboshingga yalinmayman, xalqqa arz qilaman, xalqqa! Hamza, Boy ila xizmatchi
Arz soʻramoq
-
Ark — qadim Xorazm shohlarining arz soʻraydigan joyi. J. Sharipov, Xorazm
Kurrayi arz
-
Globusni bobolar Kurrayi arz, debdilar. Yashagan sayyorangni bilmoqlik farz, debdilar. A. Oripov
Arzi Rum
Arz-u samo
ARZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
arz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar