arzi
bilan ulashing
1. Belgilangan yoki soʻralgan (olingan, sotilgan) narxga loyiq, mos boʻlmoq.
-
Bu narsa necha pulga arziydi?
2. koʻchma Qiymati yoki ahamiyati jihatidan teng kelmoq, baravar boʻlmoq.
-
Yolgʻiz oʻgʻlingiz oʻnta yigitga arziydilar. H. Gʻulom, Mashʼal
-
[Yoʻlchi] Eshikka chiqarkan, orqasidan chol soʻzlab qoldi: — Hay, oʻt yigit, haligi soʻzlaring oltinga arziydi, ammo har kimga soʻzlayverma! Oybek, Tanlangan asarlar
3. Loyiq, munosib boʻlmoq.
-
Uni mukofotlasa arziydi.
-
[Qozi Qodirqulga:] Yuzida oz-moz chiroyi boʻlgani bilan oʻzi tagi past. Sizning ostonangizga sira arzimaydi., Hamza, Boy ila xizmatchi
4. Oqlamoq, zoye ketmaslik.
-
Ter toʻkkanga arzimaydigan ish. Men sizga har qancha yaxshilik qilsam arziydi.
-
Aqlli kishilarning sadagʻasi ketsang ham arziydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Askar bolalarni kaftimizda koʻtarsak arziydi. Oybek, O. v. shabadalar
arzi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arzimaydi
-
Yordamlaringiz uchun katta rahmat. — Arzimaydi.
ARZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
arzi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar