asil
bilan ulashing
1. Aʼlo sifatli, eng yaxshi; toza, sof (qalbaki, past emas).
-
Asil mol. Asil shoyi. Asil buyum. Asil aynimas, aynisa ham chirimas. Maqol.
-
Oyoqqa chulgʻov qilsang ham, asil ipak boʻz boʻlmas, deb shuni aytadi. A. Muxtor, Kumush tola
-
Kela qoling, lalmi qovun, marmar tarvuz sabzining asili. Gazetadan
2. koʻchma Yaxshi xislatlarga, fazilatlarga ega boʻlgan; olijanob, bebaho; sof, pok.
-
Asil odam. Asil farzand.
-
[Komilov Qodirga:] Yana boʻrk ol desam, bosh olib yurma! Dadavoy aka kabi odamlar bizga kerakli odamlar. Xatolari, nuqsonlari koʻp boʻlsa ham, yuragi asil koʻrinadi. Uygʻun, Navbahor
3. Asil (erkaklar ismi).
asil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Asil tosh
ASIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar