asir
bilan ulashing
1. Urush vaqtida dushman qoʻliga tushib, ozodlikdan mahrum boʻlgan shaxs; bandi.
-
Asir olmoq. Asir tushmoq. Asirlarni almashmoq.
-
Turdiyev asirni toʻgʻri batalyon shtabiga olib joʻnadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
— Qoʻrboshi qani? — deb soʻradi Botirali hamon qoʻl koʻtarib turgan asirlardan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Toʻpxona qurilishida, biz bilan birga, asir tushgan avstraliyalik soldatlar ham ishlardi. A. Tolibov, Haqiqat yengdi
2. koʻchma Tutqun, bandi holatida yashovchi shaxs.
-
Toʻrt devor asiri boʻlib oʻtirgan ayollar bunday paytlarda kattakon bogʻda qafasdan chiqqan qush singari yayrar. X. Ahrorova, Orifning davlati
3. koʻchma Biror kimsa yoki narsaga oʻzini butunlay topshirgan, uning quli holatidagi shaxs.
-
Mana shu kundan boshlab Yoʻlchi shu qizning asiri, maftuni boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
asir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Asir qilmoq (yoki etmoq)
-
U [Halovat] xayol surib qoldi, eh, xayollar siz kishini asir etishga naqadar ustasiz. N. Orifjonov, Halovat
ASIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar