atrof
bilan ulashing
1. Tevarakdagi fazo, joy, yer; hamma taraf.
-
Kun botgan, butun atrof qorongʻilashgan edi. S. Ayniy, Qullar
-
Yoʻlchi atrofga koʻz tashlar, shamolda shildiragan har bargdan choʻchir edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kuy kechaning jimligida atrofga ravon oqadi. S. Zunnunova, Olov
2. Tevarakdagi yaqin joy, yaqin oradagi yerlar.
-
[Yormat] Atrofdan bironta tarvuz topib keltirish uchun Oʻrozga yalindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qorabuloq qishlogʻi va atrofiga qozilik qiluvchi maʼlum zot edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Biror narsaning gir aylanasi, tevaragi yoki cheti, zihi.
-
Atrofi qora, oʻrtasi gulli patnis. Dasturxon atrofi. Hovuz atrofi.
-
Asrorqulning koʻz atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi. A. Qahhor, Asror bobo
4. koʻchma Tevarakdagi muhit, kishilar.
-
Maryamxon oʻzi toʻqiganmi yo atrofdan eshitganmi, har vaqt shunday javob berar edi: Kundosh — boshingda tosh, koʻzingda yosh. Oybek, Tanlangan asarlar
5. 3-shaxs joʻnalish kelishigi va oʻrin-payt kelishigi affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (atrofida).
ATROF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АТРОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
atrof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar