ayt
bilan ulashing
1. Ogʻzaki (gap bilan) maʼlum qilmoq, bildirmoq.
-
Rostini aytmoq. Oʻz mulohazalarini aytmoq. Uzr aytmoq. Betga aytganning zahri yoʻq. Maqol
2. Yoddan ogʻzaki bayon qilmoq, soʻzlamoq (ertak, hikoya va shu kabilar haqida).
-
Ertak aytmoq. Topishmoq aytmoq. Sheʼr aytmoq.
-
Zerikmayman kecha afsona aytsam. Habibiy
3. Talaffuz qilmoq.
-
Moʻylovi maysa boʻlib qolgan kap-katta yigitning r ni ayta olmasligi Elmurodga gʻalati tuyuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Taklif etmoq, chaqirmoq.
-
Toʻyga aytmoq. Hasharga aytmoq. Aytmagan yerga borma, aytgan yerdan qolma. Maqol
-
Aytmagan qoʻnoq — yoʻnmagan tayoq. Maqol
-
Mahalladan ham uch-toʻrt kishi aytdim, oshni koʻproq qilish kerak. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. yord. fl. vzf. Bogʻlama vazifasini bajaradi.
-
— Qimorboz deb kimni aytasiz? — ogʻzidagi oshi bilan gʻoʻldiradi Qambar. Oybek, Tanlangan asarlar
ayt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ayting-ayting
-
Ayting-ayting, biz borguncha, ketib qolishmasin.
-
Ayting-ayting, hech kim el nazaridan qolmasin. Gazetadan
Aytmaysizmi yoki ayting
-
Shirinligini aytmaysizmi. Odobliligini ayting.
Shuni ayting yoki nimasini aytasiz yoki sekinroq aytasizmi
-
— Shuni ayting, — dedi Amin buva ham kulib. — Suv oʻzini juda aziz qilib yubordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ey, nimasini aytasiz, dugonajon, alohida uy olmasam boʻlmaydi. Gazetadan
-
Odamoxun, deb sekinroq aytasizmi A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
Aytgani aytgan, degani degan
-
Onasi umrida eriga tik gapirmagan xotin erining aytgani aytgan, degani degan. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Maslahatga koʻnmaydi. Aytganim aytgan, deganim degan, deb turib oladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Aytgan joyidan kesadi
AYT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar