badbo‘y
bilan ulashing
1. Yoqimsiz hid tarqatuvchi; yoqimsiz hidga ega; qoʻlansa, sassiq.
-
Avaz badboʻy hiddan boʻgʻilib uygʻondi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Oshxonaning mendan ham kattaroq rahbarlar ovqatlanadigan xilvat burchagidan odam bolasi chiday olmaydigan badboʻy hid anqiy boshladi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. koʻchma Yomon, yaramas; xavfli.
-
Odobni odobsizdan oʻrgandim degandek, balki ota hayotining baʼzi badhazm, badboʻy tomonlari qizni uzoqlarga nazar tashlashga majbur qilgandir. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
-
Vatanimizning zangori osmonini badboʻy bulutlar qoplagan ogʻir sinov daqiqalarida ham uning [Gʻafur Gʻulomning] baland naʼrasi uzoq-uzoqlarga eshitilib turdi. Gazetadan
BADBO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАДБЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
badbo‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar