badhazm
bilan ulashing
1. Tezda va oson hazm boʻlmaydigan, singishi qiyin boʻlgan.
-
Badhazm taom.
2. koʻchma Koʻngilga toʻgʻri kelmaydigan, feʼl-atvori sovuq.
-
Shafrindan ilgari yoshgina bir yigit kirdi. Bu — Ehsonning yaqin doʻstlaridan, Saidiy badhazm degan kishilardan biri. A. Qahhor, Sarob
-
Oʻsha begona, badhazm xotin, nima boʻlsa ham, bolam, deb yuribdi. A. Muxtor
3. koʻchma Jirkanch, yaramas.
-
Odobni odobsizdan oʻrgandim degandek, balki ota hayotining baʼzi badhazm, badboʻy tomonlari qizni uzoqlarga nazar tashlashga majbur qilgandir. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
BADHAZM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАДҲАЗМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
badhazm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar