badiiy
bilan ulashing
1. Voqelikni nafis sanʼat vositalari, usullari, obrazlari orqali ifoda etuvchi; tasvirlovchi.
-
Badiiy adabiyot. Badiiy asar. Badiiy sanʼat. Badiiy film.
-
Badiiy adabiyotning zamiri hayotdir. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Elmurod badiiy asarlar odamlarning tashna dillariga naqadar rohat bagʻishlaganini sezar, lekin bunday asarlarning oʻz tilimizda kamligidan kuyinar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Badiiylikka tegishli, mansub.
-
Badiiy mahorat. Badiiy tasvir. Badiiy tafakkur. Badiiy did. Badiiy salohiyat.
-
Ijodda faqat niyatning oʻzi kifoya qilmaydi, shunga yarasha badiiy salohiyat va teran fikr ham zarur. Gazetadan
-
Badiiy fikr oʻzining shakli bilan tugʻiladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
3. Badiiy ijod bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatga oid.
-
Badiiy rahbar. Badiiy havas-korlar toʻgaragi. Badiiy jamoa. Badiiy muhit.
-
Badiiy havaskorlik toʻgaragi repetitsiya qilayotir. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻzbekistonlik badiiy kollektivlar va ijrochilarning konsertlarida oltmish mingdan ortiq kishi hozir boʻldi. Gazetadan
-
Yangi insonni voyaga yetkazish va tarbiyalashda ijtimoiy va badiiy muhitning roli katta. Gazetadan
BADIIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАДИИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
badiiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar