badbin
bilan ulashing
1. Birovga yomonlik istovchi, buzuq niyatli, badxoh.◆
-
Tushunaman, umr qisqa, Haq dasti ham qisqaroq, Ammo nechun shu umrda Buncha badbin yashamoq? A. Oripov, Yillar armoni
2. Jamiyat axloqiy normalariga toʻgʻri kelmaydigan; yaramas.◆
-
[U] Eski Sharqdagi badbin urf-odatlarga qarshi, xotin-qizlarni huquqsiz qulga aylantirishlariga qarshi isyon qilardi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Taqsiri olam, bu gʻalamis gaplarga aslo quloq sola koʻrmang. Bular sizni chalgʻitish uchun atayin aytilgan badbin gaplardir. J. Sharipov, Xorazm
3. Umidsiz, tushkun holatli; pessimist.
-
Qaygʻura bil, lekin badbin boʻlmagil, Qaygʻu tabiiy hol, badbinlik yomon. Uygʻun
-
Kimsalar, badbin deya boqmang bu kun Abdullaga, Tinglasa gohi yurib moziy elidin zorlar. A. Oripov
BADBIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАДБИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
badbin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar