balo
bilan ulashing
1. Biror voqea-hodisa, harakat tufayli yuzaga kelgan ofat, falokat; tash-vish.
-
Taqdirning balosi koʻp, saqlansa panasi koʻp. Maqol
-
Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. Maqol
-
Sadaqa baloni yer, tavba — gunohni. Maqol
-
Ot boshiga balo boʻldi. Gʻayratiy. — Iloyo omin, — kampir ham fotiha oʻqidi, — qadam yetdi, balo yetmasin! X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. koʻchma s.t. Uddaburon, ishning koʻzini biluvchi, oʻz ishiga pishiq.
-
Balo qiz ekan bu. S. Ahmad, Ufq
-
— Eshniyoz aka balo! — deb davom etdi Ravshan Roʻzi. Sh. Xolmirzayev, Yoshlik
-
Sayfiddin Umarov esingdami, matematikadan balo edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
balo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Balo bormi?
-
Saltanatni qayerda koʻrmay, satang boʻp yasanib olgan boʻladi. Ikki chakkasidagi gajakka balo bormi deyman! Yoshlik
-
Paxta terimi ketayotgan dolzarb payt karantinga balo bormi? Yoshlik
-
Shu ayozda charm kastumga balo bormi? A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
Baloga qolmoq
-
Bilmasdan gapirma! Baloga qolasan, qizim! Hamza
Baloyi azim
-
Monokultura deb atalmish bu yakkahokimlik bora-bora shunday bir baloyi azimga aylandiki OʻzME
Baloyi nafs yoki nafs balosi
Balo urmaslik
Balo oʻqi
-
Balo oʻqiga nishon boʻlmasdan burun bu ishlarni oxiriga yetkazishga harakat qilar edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
Bir balo
-
Oldin, bu kampirga bir balo boʻlgan, deb hayron boʻlib yurganlar bu ayol bir narsani bilar ekan, deb tan berishdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bir balo borga oʻxshaydi oralarida. S. Zunnunova, Olov
Boshga balo boʻlmoq
Nima (yoki ne, qanday) balo
-
Nima balo, toʻyni nasiya qilib, kelinni olib kevoldingizmi? deguvchilar ham boʻldi. S. Zunnunova, Olov
-
Nima balo, bola-chaqangiz koʻpayib ketdimi? Guldasta
Suv balosi
Tuhmat balosi
-
Sodiq qulingiz tuhmat balosiga giriftor boʻlib, zindonda sargʻayib yotibdi. J. Sharipov, Xorazm
Oʻt balosi
-
Suv balosi, oʻt balosini koʻrganlar bor. Yoshlik
Har balo
-
Ayoli Yunus olgan aql-u hushimni, Har baloga solgan mening boshimni. Malikayi ayyor
-
U har baloni biladi.
Hech balo
Hech baloda yoʻq yoki hech baloni bilmaydi
-
Bizda ham sergap, quruq maslahat beradiganlar juda koʻp-u, lekin [ular] amalda hech baloda yoʻq. T. Obidov, Yusufjon qiziq
BALO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar