balli
bilan ulashing
1. Maʼqullash, tasdiqlash, maqtov, tahsin maʼnolarini ifodalaydi.
-
[Joyni] Oʻsha ochlik yillari solganmiz. — Balli. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
-Balli, ona qizim, — dedi Melivoy aka zavqlanib. S. Ahmad, Ufq
-
Izzatulla aka bolaning boshini chipor shapkachasi ustidan silarkan: Balli deb qoʻydi. Gazetadan
-
Uning fikrini maʼqullovchi ovozlar eshitildi: — Balli! Otangizga rahmat. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Choʻzib talaffuz qilinganida, norozilik, kesatiq maʼnolarini ifodalaydi.
-
— Koʻchada sen bilan yetaklashib yuradigan xotinga balli-yey! — dedi Zumrad. S. Siyoyev, Otliq ayol
3. Muayyan ball kuchiga ega boʻlgan.
-
Besh balli zilzila. Toʻqqiz balli dovul.
-
Kunduzi olti balli zilzila, imoratlarning qisir-qisiri vahimani kuchaytirdi. Mirmuhsin, Umid
4. Raqamlar sistemasi bilan ifodalangan.
-
Besh balli sistema.
BALLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar