bari
bilan ulashing
jaml. olm. Bir turdagi narsa, hodisa yoki kimsalarning hammasi, barchasi.
-
Besh barmoqning birini tishlasang, bari ogʻrir. Maqol
-
Men uni sevaman. Bu rost. Qolgan gaplarning bari yolgʻon, bari tuhmat. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Otlar, odamlar— bari aralash-quralash boʻlib ketdi. K. Yashin, Hamza
-
Dilda neki jurʼatim bor, Dilda neki hayajon — Bari-bari senga boʻl-sin, Senga boʻlsin, onajon. A. Oripov
bari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bari bir
-
Tuxumi birning bari bir. Maqol
-
Farzand oʻgʻilmi, qizmi — bari bir, ota-onaning yuragi boʻlar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Menda ixtiyor yoʻq, oyijon! — dedi Kumush. Sizlar nimani maʼqul koʻrsalaringiz, menga bari bir.
-
Men bandi, sotilgan choʻri qatori odam boʻlsam ham, xohlagan-xohlamaganni, bari bir, yonimga keltirmaslikka kuchim yetadi. Hamza, Paranji sirlari
-
Ish qancha ogʻir boʻlmasin, bari bir ketmon, belkurak asosiy ish quroli boʻlib qoldi. S. Ahmad, Ufq
BARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar