bas
bilan ulashing
1. und. Boshqa kerak emas, shu bilan yetar; toʻxtat.
-
-Bas! — qichqirdi Mirzakarimboy,— manmanlik — xudo urganlik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bas endi, yota berma. Sal mehnatga ham qayish. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
2. Bas qilmoq Toʻxtatmoq, xotima bermoq.
-
Nega qoʻshiqni bas qilding, yaxshi yigit? Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Mastura opa uyda oʻtirishni bas qilib, savod maktabini bitiradi, bolalar bogʻchasiga murabbiya tayyorlovchi kursga kiradi, paranjini tashlaydi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. krsh s. Demak, shunday ekan.
-
Bas, birinchi buyruqni siz olgan ekansiz, nega yana qush-begidan fotiha kutib oʻltiribsiz?! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yoʻlchi bir nafas toʻxtab davom etdi: — Urush boylarning hamyonini toʻldiradimi? Bas, ular borsin. Oybek, Tanlangan asarlar
bas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bas bogʻlashmoq (yoki oʻynamoq)
-
Bas bogʻlashib, erta azonda dalaga chiqsangiz, hammadan oldin Jiparoyni koʻrasiz. Qahramonnoma
-
U chaqqonlikda men bilan bas bogʻlashganday, balanddagi ingichka shoxga tarmashibdi. P. Qodirov, Qadrim
Bas kelmoq
-
— Sizga bas kelib boʻladimi! — dedi Elmurod va boshqa gapirmay, odimlay berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kim ekan u, senga bas kelgan yigit? Oybek, Tanlangan asarlar
1. musiqa Erkaklarning eng past, yoʻgʻon ovozi va shunday ovozga ega ashulachi.
-
Baland yoki kuychan bas hamda past bas, farq qilinadi. OʻzME
2. Koʻp ovozli musiqa asarlaridagi eng pastki ovoz, partiya.
-
Xorda bas birinchi va ikkinchi ovozlarga boʻlinadi. OʻzME
BAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BAS so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BAS so‘ziga berilgan ma’nolar
bas so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar