basir
bilan ulashing
1. eskirgan
-
Qilurni ayla rioyat demakta asra adab, Ki doʻst feʼling-u qavlunggʻadur basir-u sameʼ. Navoiy, Xazoyinul-maoniy
2. Koʻrish qobiliyati yoʻq; koʻr, soʻqir.
-
Hatto umri boʻyi qorni toʻymagan qashshoq ham, koʻzi basir tilanchi ham, bir kun boʻlsa-da, koʻproq yashasam, deydi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Pinhon edi unga bor umr, chunki hayot etmishdi basir. U. Nosir, Yurak
-
Axir shunchalik basir emas-ku, yoʻl boʻyida turgan odamni koʻrmaydigan. M. Xayrullayev, Koʻngil
3. koʻchma Narsa, voqeaning mohiyatini tushuna olmaydigan; ongsiz; bilimsiz; johil.
-
Toʻgʻri-ku, lekin bu basir olomonni maʼrifatli qilish uchun juda uzoq muddat kerak boʻladi. K. Yashin, Hamza
-
— Azbaroyi oʻshal koʻzi ochiq, qalbi basirlarga qahrim tufaylidir. Alarning kitob kemiruvchi sichqonlardan ne farqi bor? — dedi Bobur. X. Sultanov, Bir oqshom ertagi
BASIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАСИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
basir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar