bedavo
bilan ulashing
1. Davosi yoʻq, tuzalmaydigan, tuzatib boʻlmaydigan.
-
Tohir-jon kinoya bilan jilmaydi: Meniki bedavo dard, ukam. Biron kun yengillanish yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hamma dardga bor davo, oshiqning dardi bedavo, debdi shoir. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma s. t. Koʻrinishi xunuk, yoqimsiz; chiroylining aksi.
-
Erim qimorvoz boʻlsa ham, choʻtir, bedavo boʻlsa ham, yomon emasdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Chiroylimisan? Ha, ha, xunuksan, bedavosan! Boʻyningga ol, xunukman de! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Turkiyda keltiribdurlarkim: Qoʻnsa davlatning qushi bir bedavoning boshigʻa, Koʻrgali kelgay Sulaymon ul gadoning qoshigʻa. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
bedavo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dardi bedavo
-
Vafosiz yor, deb tushdim bu dardi bedavolarga, Oʻlimning vahmidan hardam yurak toʻlganga yigʻlayman. Hamza, Paranji sirlari
-
Bu juda dardi bedavo ish boʻldi-da!
BEDAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕДАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bedavo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar