beril
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsaga ixlos, mehr qoʻymoq, sadoqat bogʻlamoq; biror narsaga ruju qilmoq, oʻrganib ketmoq. Musiqaga berilmoq.
-
[Xoʻjayev:] Qaysi koʻzim bilan koʻray. Haligi notiq oʻzimizning Shukrullo afandi ekan. Nahotki, u kishi shu qadar berilib ketgan, deb oʻyladim. Z. Sayd, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
-
Ayta qoling, Avliyo ota — qozoq yurti, norinxoʻrlikka koʻproq berilganga oʻxshaysiz-a? Oybek, Tanlangan asarlar
2. Choʻmmoq, botmoq, mahliyo boʻlmoq.
-
[Gulnor:] Oʻzining parishon xayoliga berilib, kimsasiz hovlida keza boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Boʻsh kelmoq; taslim boʻlmoq.
-
Ota-bekning bu maktubi Kumushga boʻlgan munosabatining hamon boqiyligini oʻzining osonlik bilan raqibga berilmasligini soʻzlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
beril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bermoq 1, 2, 4-6
-
Xat egasining oʻz qoʻliga beriladi. Yozma ishga bir soat vaqt beriladi. Kitob uyga berilmaydi.
-
Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuq berildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BERIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar