beri
bilan ulashing
1. Soʻzlovchiga, shuningdek, soʻz borayotgan payt yoki oʻringa yaqin.
-
Hechqisi yoʻq, bir kun nari, bir kun beri.
-
[Qizlar] Nari yot, beri yot bilan bir-birlarini itarib, surib, koʻrpani toʻrt tomonga tortishib janjallasha boshladilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
— Beri kel, qizim! — qoʻli bilan imladi kulib. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻm. (chiqish kelishigi bilan) Harakatning boshlanish paytidan boshlab, buyon; maʼlum vaqt davomida, mobaynida.
-
Kechadan beri. Yaqindan beri. Anchadan (koʻpdan) beri. Almisoqdan beri.
-
Asqar akaning dami ichiga tushib ketdi. Shu sabab, mana kechadan beri qovogʻi ochilmaydi. N. Fozilov, Qissalar
-
Elmurod ertalabdan beri non-choydan boʻlak hech narsa yemaganlikdan koʻngli ozganini sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Institutga kirgandan beri Kozimjon orqasidan soyadek ergashib yuribdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Taxminan uch yildan beri shu ishni qilaman. S. Ahmad, Yulduz
beri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beri qaramoq
-
Bemorning ahvoli sal beri qaradi. Yigʻlamoqdan beri boʻlmoq Yigʻlagudek boʻlmoq.
-
Otam tayyorlagan uzangilarini bozorda ertadan kechgacha sargʻayib koʻtarib yurib, sota olmasdan, hovliga qoʻllari quruq (holda) yigʻlamoqdan beri boʻlib qaytar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Nari olib borib, beri olib kelmoq
-
Bir tomonda Zulfiqor, bir tomonda Xudodbek — bir-biriga mutlaqo oʻxshamagan ikki yigit uning xayolini nari olib borib, beri olib kelardi. Mirmuhsin, Meʼmor
BERI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar