bevaqt
bilan ulashing
1. Odatdagi, belgilangan vaqtdan ilgari, vaqt-soati yetmasdan.
-
Bevaqt oʻlim.
-
Qurbon ota yana necha yillar eshonning xizmatida boʻlib, bevaqt kuchdan qoldi. A. Qahhor, Toʻy
-
Qodir olloh, sen bilasan holimni, Dono egam, bevaqt berma oʻlimni. Malikayi ayyor
2. Noqulay, nomatlub vaqtda; bemavrid.
-
Bevaqt kelib, sizlarni yoʻldan toʻxtat-dimmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mansur bevaqt kirganidan xijolat chekib, hamon eshik orqasida turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Kech tunda; bemahal.
-
Bevaqt yoʻl yurma.
-
Bevaqt boʻlib qolganidan oʻsha yerda tunab qoladigan boʻlishdi. S. Ahmad
BEVAQT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕВАҚТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bevaqt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar