bexabar
bilan ulashing
1. Xabardor boʻlmagan, voqif boʻlmagan, xabari yoʻq; xabarsiz.
-
Bexabar qolmoq.
-
Hayotxon bundan bexabar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uchqun oyisining boshiga tushgan musibatdan bexabar. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Gʻam bilan sargʻaydi guldayin diydor, Bu ishlardan menday joʻrang bexabar. Malikayi ayyor
2. Maʼlumoti yoʻq, bilimi yoʻq.
-
Adabiyotdan bexabar kishi,
-
baʼzan biz oʻz ijodimizdan toʻrtta-beshta kitob oʻqigan, dunyo adabiyotidan bexabar, mahalla saviyasidagi ogʻaynilarimizning didi bilan quvonamiz. Shukrullo, Saylanma
3. Duch kelinadigan narsa, voqea-hodisadan xabari boʻlmasdan turib, xabari boʻlmagan holda, bilmasdan, birdan.
-
Chiqib qoldi oʻzi bexabar, Tashlagandi qiya shol roʻmol. Mirtemir, Asarlar
-
Banda bexato boʻlmas, boyvachcha, bexabar xonadoningizga kirib qolibman! A. Qodiriy, Kichik asarlar
bexabar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xudo(dan) bexabar
-
Qarisang ham, sen shumlikni oʻylaysan, Xudodan bexabar, qoʻygin, yotaylik. Nurali
BEXABAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕХАБАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bexabar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar