beza
bilan ulashing
1. Ziynat, bezak berib chiroyli qilmoq; husn kirgizmoq; koʻzni quvontiradigan holga keltirmoq.
-
Bahor keldi. Maktab sahnidagi oʻriklarni oq, pushti gullar bezadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kechasi bilan yoqqan qalin qor har bir tomni, devorni, har daraxt va gumbazni mayin oq hoshiya bilan bezab chiqqan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Yerlar koʻk gilamlar bilan bezalganda biz ham toʻy qilarmiz Shundaymi, Raʼno? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. koʻchma Aqliy va maʼnaviy jihatdan boyitmoq; obroʻ keltirmoq.
-
Qarilikni donolik bezaydi, Yoshlikni — kamtarlik. Soʻz koʻrki — maqol
-
Daraxtni — shirin meva, ustozni — oqil shogird bezaydi. R. Usmonov, Odobnoma
-
Insonni uch narsa ziynat fazilatlari bilan bezaydi: aql-zakovati, mehnat-mashaqqati va odamlarga boʻlgan mehr-muhabbati. Gazetadan
-
Insonni kuchli qiladigan, uni bezaydigan narsa maqsadi, toʻgʻrirogʻi maqsadlari birligidir. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
BEZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BEZA so‘ziga berilgan ma’nolar
beza so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
beza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing