bezak
bilan ulashing
1. Bezatish, yasatish vositasi; husn, koʻrk, chiroy beruvchi narsa; ziynat beruvchi buyum yoki naqsh.
-
Arxitektura bezaklari. Archa bezaklari. Bezak buyumlari. Badiiy bezak.
-
Egar jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yalt-yalt qilayotgan boʻz otni jilovdor yetaklab keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Nuri kiyinishni, bezakni sevar edi. Zirak, bilaguzuk, zarkokil, qoʻltiqtumor, tillaqosh, zebigardon kabi buyumlardan quti-quti yiqqan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Husn, koʻrk. Soʻz — kishining oʻzagi, Odob — kishining bezagi. Maqol. Til — aql bezagi. Maqol.
-
Yaxshi fazilatlar inson kamolotining bezagi, husni, jon rohati va farogʻatidir. Gazetadan
bezak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dasturxon bezagi
-
Har gujumi asaldek tatiydigan uzum, har bir tilimi tilni yoradigan qovun, shifobaxsh tarvuz, olma, nok, qoʻying-chi, qoʻli gul bogʻbonlar yetishtirgan meva-cheva, darhaqiqat dasturxon bezagidir. Gazetadan
BEZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BEZAK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BEZAK so‘ziga berilgan ma’nolar
bezak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bezak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing