bidʼat
bilan ulashing
1. din. Diniy aqidalarga kiritilgan oʻrinsiz isloh, dinga xilof yangilik, dinda keyinchalik paydo boʻlgan narsa.
-
Mir Arab madrasasining kattalari bu bidʼatning gunohini ham Mulla Turob boʻyniga yukladilar. S. Ayniy, Esdaliklar
-
-Isloh, albatta, lozim, — patnisning chetini barmoqlari bilan chertib, beparvolik bilan soʻzladi Hakimboyvachcha, — bizda har xil bidʼat ishlar koʻp. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Eskidan qolgan urf-odat, rasm-rusum.
-
Katta ena, katta buvalardan qolgan urf-odatlarga unamay, bidʼat deb qarashar ekan, biz ota-onalarda nima gunoh? K. Yashin, Hamza
-
— Chilim chekish bidʼat, — dedi mulla, — buni qilgan odam gunohkor boʻlsa ham, kofir boʻlmaydi. S. Ayniy, Qullar
BIDʼAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИДЪАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bidʼat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar