bibi
bilan ulashing
1. sheva Onaning yoki otaning onasi; buvi (nabiraga nisbatan).
-
Tanglayim koʻtargan bibim bechora Kim edi, bilmayman, oʻlgandir, esiz. Gʻ. Gʻulom
2. Hurmat yuzasidan, odatda keksa ayollar ismiga qoʻshib ishlatiladi.
-
Mehri bibi, Xayri bibi.
-
Tong otar-otmas Sidqiy hovlisiga ikki yon qoʻshni — Zaynab bibi bilan Hamida xonim — rangi oqarib kirib kelishdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
-
Jahon bibi Zubaydaning koʻnglini olib, onasining ahvolini soʻradi. K. Yashin, Hamza
3. Xotin-qizlar ismining old yoki orqa qismida kelib, qoʻshma ismlarni hosil qiladi.
-
Bibigul, Bibiniso, Bibinor, Bibisanam; Davlatbibi, Kenjabibi, Kimsanbibi.
-
[Yoʻlchi] Singlisi bilan birga, mumkin boʻlsa, uning [Gulnorning] onasi Gulsumbibini ham aravaga solib, qishloqqa olib borishni istaganini aytdi. Oybek, Tanlangan asarlar
bibi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bibi Seshanba
-
[Xoljon xola] Har ikki haftada Bibi Seshanba onaning dasturxonini yozib, mushkulkushod, chiltonlarga atab shavla qiladi. Gʻayratiy, Dovdirash
-
“Bibi Seshanba“, mushkulkushod kabi marosim, urf-odatlarni bilishga Hamzaning oʻzi ham juda qiziqar edi. K. Yashin, Hamza
BIBI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИБИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bibi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar