bigiz
bilan ulashing
1. Kosiblarning koʻnni, terini teshish uchun ishlatadigan yogʻoch sopli, nina uchli metall asbobi.
-
Hunari yoʻq kishidan Bigizi bor yamoqchi yaxshi. Maqol
-
Usta pichoqqa yolchimas, etikdoʻz — bigizga. Maqol
-
Chol bigiz bilan tasmani tesharkan, murtida kulib qoʻydi. Yoshlik
2. Nayzadek, ninadek uchli, ingichka narsa.
-
Yuragi bigiz sanchilganday ogʻridi. Sharq yulduzi
-
Oq qayinga suyanib, maxorka chekib turgan bigiz moʻylov yigit sahnadan aslo koʻz uzmadi. A. Muhiddin, Otash qalbli qiz
3. Nishtarday oʻtkir, achchiq soʻz, taʼna; koyish.
-
[Yoʻlchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan koʻksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar
bigiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barmoqni (yoki qoʻlni) bigiz qilmoq
Tili bigiz
-
Ne-ne tili bigiz kelin-aymoq, er qilib, erga yolchimagan qizlar borki, eshik qolib tuynukdan zahrini sochib ketadi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
BIGIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИГИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bigiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar