birov
bilan ulashing
snq. son Bir, bitta.
-
Ikkovga birov botolmas, Otliqqa yayov yetolmas. Maqol
-
Birovni koʻrib fikr qil, Birovni koʻrib shukr qil. Maqol
1. Kimligi nomaʼlum, qandaydir bir nomaʼlum kishi, kimdir, allakim.
-
Birni birov beradi, Koʻpni — mehnat. Qanotli soʻzlar
-
Birov bilganini maqtar, birov — koʻrganini. Maqol
-
— Qalaysan, uka? — birov kelib turtdi Yoʻlchini. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Birov borkim, bor-u — bor boʻlsa ham yoʻq, Birov borkim, yoʻgʻ-u — yoʻq boʻlsa ham toʻq. Habibiy
2. Boshqa bir kishi; oʻzga, begona.
-
Bola-xonada ikkalamiz turganimizni tagʻin birov koʻrib qolmasin. K. Yashin, Hamza
-
Endi uni [Umidni] koʻrishi ham, u haqida oʻylashi ham mumkin emas, U endi birovning baxti. Mirmuhsin, Umid
-
Birovning koʻngliga zoʻrlik bilan egalik qilib boʻlmaydi. S. Ahmad, Ufq
birov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baʼzi birovlar
-
Baʼzi birovlar ushlashib qoʻlini, Topolmay ovora boʻlarlar yoʻlini. Qoʻshiqlar
Birovlar
-
Ammo [Otabekda/ birovlar toʻgʻrisida, nima boʻlganda ham, bir gap eshitmak havasi tugʻilgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BIROV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar