bitish
bilan ulashing
1. Oʻzaro bir fikrga, toʻxtamga, qarorga kelmoq; soʻzni bir joyga qoʻymoq; kelishmoq.
-
Quda boʻlish toʻgʻrisida Sodiqa xola Shahri xola bilan allaqachon yeng ichida bitishib qoʻygan edi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Shundan soʻng bir-birlari bilan bitishdilar, ikki yor bir butun boʻlib ish koʻrishga vaʼdalashdilar. U. Ismoilov, Saylanma
2. Sulhga, murosaga kelmoq, yarashmoq.
-
Tagʻin kim biladi, oʻrtaga nozik odamlar tushsa, u koʻz yosh qilib, tavbasiga tayansa, bitishib ketadimi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
3. tilshunoslik Moslashmay, boshqarilmay bogʻlanmoq (soʻz birikmalari haqida).
Bitmoq III feʼlining birgalik nisbati.
BITISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bitish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BITISH so‘ziga berilgan ma’nolar
bitish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar