bitim
bilan ulashing
1. Oʻzaro kelishuv, toʻxtam, qaror.
-
Toʻy tantanasini kechqurun kuyovnikida oʻtkazishga bitim qilingan boʻlsa-da, qiznikida ham qarindosh-urugʻlar, qoʻni-qoʻshnilar limmo-lim edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Mulla Muhsin oʻz maslakiga, yaʼni fatvosiga teskari boʻlgan bu bitimga qarshi churq etib ogʻiz ochmaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. huquq Taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuziluvchi, qabul qilinuvchi ahdnoma, shartnoma, kontrakt.
-
Bitim tuzmoq. Bitimga kelmoq.
-
Junayd Xiva xoni bilan boʻlgan bitimdan keyin tinch qoʻymadi, ketimizdan odam yubordi, qoʻliga tushsak, oʻldirmoqchi boʻldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Tuzilgan bitimga koʻra, Abdulatif Samarqandga yuborildi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. huquq 3 Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakati.
-
Mehnat bitimi. Bir taraflama bitim.
BITIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bitim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BITIM so‘ziga berilgan ma’nolar
bitim so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar