bitik
bilan ulashing
1. aynan 1 yozuv.
-
Ahmad Husayn qingʻir past devor qarshisida toʻxtadi, unda beoʻxshovgina yirik oʻyma bitiklarni oʻqidi. Oybek, Nur qidirib
-
Koʻrgazmaga qoʻyilgan tosh bitiklar koʻrinmas edi. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish
-
Shohizinda toshlarining bitigini Uqolmasdan qaygʻu chekkan bolaligim. X. Davron, Bolalikning ovozi
2. Xat, maktub, asar.
-
—Nasoyimul-muhabbat! — Boburning koʻzlari chaqnab ketdi. — Mir Alisherning bitiklari-ku! X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
— Hoy chirogʻim, — dedi u [pochtalon], — senga bitik borday edi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
sheva Et bitib, tuzalib ketgan yoki birikib bekilib qolgan; bitov.
bitik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzi bitik
-
Koʻzi bitik yara.
BITIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bitik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BITIK so‘ziga berilgan ma’nolar
bitik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar