bisot
bilan ulashing
1. Shaxsning, koʻpincha xotinlarning oʻziga tegishli boʻlgan, toʻplab qoʻygan moli, mol-dunyosi.
-
Mastonbibi sandiqdan bisotidagi movut mursagini olib kiydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Onalar Kumushning bu hayqirigʻini uyalganga yoʻydilar-da, uyga kirib, bisot kovlashga, toʻy hozirligini koʻrishga mashgʻul boʻldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tayyorlanar Bahri safarga, Sandigʻini ochib, bisotin Tita boshlar barin birma-bir. H. Olimjon
2. Kishiga, oila xoʻjaligiga qarashli mol-dunyo, boylik.
-
Oʻtgan zamonda bir faqir er-u xotin bor ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan. Ertaklar
-
Hosila yiqqan bisotini sarflab, ancha tuzuk toʻy qildi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Mastura xola bisotidagi zogʻoralarni olib chiqib, oʻrtaga qoʻydi. J. Sharipov, Xorazm
3. koʻchma s.t. Kimsada bor boʻlgan har qanday narsa; madaniy, maʼnaviy boylik.
-
Ezgin-ezgin kuylasin endi Bisotdagi eng nozik torlar. Sharq yulduzi
-
Mulla Qutbiddin bisotida bor eng nodir kitoblarini birma-bir olib, changlarini artib, Boburga koʻrsata boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bugun shoirlar ham oʻz bisotidan Eng yaxshi baytlarni izlab turibdi. E. Vohidov, Muhabbat
-
Nurbek bisotidagi bor soʻz bilan uni [Shirinni] avradi. Yoshlik
4. Biror xona yoki joydagi mavjud narsalar.
-
Bu shinam, koʻrkam xona oʻzining bisoti va bezaklari bilan kirgan odamni darrov qamrab olardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U yer [mehmonxona] boy bisotlari, chiroyli bezaklari, yumshoq toʻshak va par yostiqlari bilan koʻzlarga orom berar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. koʻchma Tabiatning borligʻi, boyliklari, ehsoni.
-
Bahor butun topgan-tutgani-ni, butun bezak va bisotini yoyib yuborgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bisotida hur el uchun saqlagan ne bor boʻlsa, qildi ayon Mirzachoʻl, Habibiy
-
Har nedan goʻzalroqdir balki choʻl kechalari, Ufqlar kaftdek ravon, koʻk sochgan bor bisotin. A. Oripov
BISOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИСОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bisot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar