bismilloh
bilan ulashing
1. Qurʼon suralarining va umuman eski kitob, hujjat, xat va shu kabilarning “Allohning nomi bilan“ maʼnosidagi boshlanish iborasi (bismillohi rahmonir rahiym) tarkibidagi soʻz.
-
[Asad qori:] Boshidan oʻqiyotibman, taqsir. — Qozi Asad qoriga jahl bilan oʻqraydi: — Bismillosi qani? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uni shay-ton, ha-ha, zavoddagi masterovoylar bilan bismillosi yoʻq kitoblar aynitdi! K. Yashin, Hamza
-
Bismillo, deb Avazxon Shivirladi Gʻirotga. Nurali
2. so‘zlashuv tili Biror ishga kirishishda, xususan ovqat yeyishni boshlashda aytiladigan soʻz.
-
Mirzakarimboyning xotini, harsillab-gursullab, narvonchaning har pogʻonasiga qadam qoʻyganda, bismilloni takrorlab, aravaga oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ogzidagi nosini tupurib, bismillo deganicha, shimining pochasini shimarib, ketmon bilan oʻraga tushdi. S. Ahmad, Saylanma
3. koʻchma s.t. Biror ishning avvali, boshlanishi, muqaddimasi, debochasi.
-
[Mirzaraim Masturaga:] Pul hali somon, boʻlib qoladi. Bu hali bismillosi-da. Hamza, Yallachilar ishi
-
Bu gal ziyofatning bismillosi saryogʻ palovdan boshlanyapti. Sharq yulduzi
-
Uni [sheʼrimni] ranjitmaslik uchun ushbu kitobimning bismillosini ham sheʼr bilan boshladim. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
bismilloh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Olishda — bismillo(h), berishda — astagʻfurullo
BISMILLOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИСМИЛЛОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BISMILLOH so‘ziga berilgan ma’nolar
bismilloh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bismilloh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing